Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 27-30-aprel – 1-may)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 20-24-aprel kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Hurmatli Termiz shahar veterinariya xodimlari! Sizlarni bugungi Xalqaro veterinariya kuni munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
"Jo‘yjangal" mahallasida I chorak sarhisobi: Amaliy natijalar va raqamlar tahlili
янв.21
Imtiyozli kredit — amaliy natija: "Bog‘ishamol" mahallasida tadbirkorlik rivojlanmoqda
янв.21
"Bog‘ishamol" mahallasida I chorak sarhisobi: Amaliy natijalar va raqamlar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k/8891) bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Investitsiya va taraqqiyot: "Shodlik" mahallasida zamonaviy uy-joylar qurilmoqda
янв.21
"Shodlik" mahallasida I chorak sarhisobi: mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
Chinoz tumani.Jamoat transporti harakati va avtobus bekatlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Abduvohid Turdiboyev, Kotibiyat mudiri Asqar Baxramov, deputatlar Mirsoat Mirsodiqov, Himatilla Hafizovlar tumandagi jamoat transportining muntazam harakatlanishi hamda avtobus bekatlarining holatini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida jamoat transporti qatnovlarining belgilangan jadval asosida harakatlanishi, aholiga yaratilgan qulayliklar, bekatlarning sanitariya va texnik holati, shuningdek, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash masalalari tahlil qilindi.

Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda kuzatilayotgan uzilishlar, bekatlarning ta’mirtalabligi va infratuzilmadagi kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur o‘rganishlar jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish, aholiga yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda transport tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi

Slide 1 of 6