Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tashmuhamedova Muhabbat Baxtiyorovna o‘zi saylangan 24-Botirma saylov okrugida joylashgan mahallalarda bo‘lib, yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
🔹 O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi tahlil qilindi va yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar holati o‘rganildi.
🔹 Deputat tashabbusi bilan ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni tadbirkorlikka jalb etish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga yordam berish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
📊 Ushbu faoliyatlar O‘zbekiston Respublikasining 406-sonli "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi hamda 642-sonli "Aholi bandligi to‘g‘risida"gi Qonunlar asosida amalga oshirilmoqda.
🤝 Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga yordam berish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.