Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ekologik nazorat: har bir daraxt e’tiborda!
янв.21
deputat_vazifalaridan
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Normuradova Dilbar Abdikasimovna raisligida olib borilgan sessiya ishida jami 8 ta shahrimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid masalalar deputatlar tomonidan ko'rib chiqildi
янв.21
Sessiyada muhim masala yuzasidan muzokara
янв.21
Sessiyada muhokama qilinayotgan navbatdagi masala
янв.21
Muhim ijtimoiy loyiha muhokamada!
янв.21
Ayni vaqtda qolgan masalalar bo'yicha doimiy komissiyalar raislari va a'zolarining muzokaralari eshitilmoqda (https://www.facebook.com/share/v/1By2xefCL3/).
янв.21
Sessiyada dastlab shahar Soliq inspeksiyasi boshlig'i Safar Turayevning hisoboti eshitilmoqda (https://www.facebook.com/share/v/1By2xefCL3/)
янв.21
Ayni vaqtda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 20-sessiyasi bo'lib o'tmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 6-10-aprel)
Ko‘prik rekonstruksiya ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati A.Abdumurotov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq 2026–2028-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Xususan, 4R-46 “Samarqand sh–Juma sh–Kattaqo‘rg‘on” avtomobil yo‘lining 22-km qismida joylashgan temiryo‘l kesishmasidan o‘tadigan ko‘prikni rekonstruksiya qilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati, texnik talab va me’yorlarga rioya etilishi hamda belgilangan muddatda yakunlash masalalari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan suhbatda ishlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish muhimligi ta’kidlandi. Mazkur yo‘nalish deputat nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 5