Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Muammo nazoratga olindi: “Tinchlik” mahallasidagi chorraha yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
"Kokildorota" va "Namuna" mahallalari: Obodonchilik va bandlik masalalari nazoratda
янв.21
Kitob — Bilim manbai: Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Alpomish" mahallasida I chorak sarhisobi: Amaliy natijalar va raqamlar tahlili
янв.21
"Alpomish" mahallasida ochiq muloqot: Islohotlar va mahallabay ishlash tizimi muhokamada
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: "Majnuntol" mahallasida amaliy choralar muhokama qilindi
янв.21
Hamkorlik va huquqiy ko‘mak: "Majnuntol" mahallasida muhim uchrashuv
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi – doimiy e’tiborda!
янв.21
"Shifokor" mahallasida mahalla raisi faoliyati tahlil qilindi
🔈🔈🔈 Deputatning saylovchilar va siyosiy partiya bilan hamkorligi

🔈🔈🔈 Deputatning saylovchilar va siyosiy partiya bilan hamkorligi

✅ Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, deputat o‘z faoliyatida saylovchilar manfaatlarini ifodalash bilan birga, uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan ham doimiy hamkorlikda ishlashi lozim. “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 7-moddasi aynan shu munosabatlarni tartibga soladi.

✅ Deputat saylovchilar bilan muntazam aloqada bo‘lib, ularning murojaatlari, taklif va muammolarini o‘rganadi. Bu jarayonda fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, joylarga chiqib o‘rganishlar tashkil etish hamda saylovchilarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish choralarini ko‘rish muhim hisoblanadi. Deputat saylov okrugidagi aholi fikrini inobatga olib, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

✅Shuningdek, deputat o‘zini nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan ham uzviy aloqada ishlaydi. U partiyaning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish, hududdagi partiya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish hamda partiya elektorati manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Deputat partiya yig‘ilishlarida qatnashadi, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot beradi va hududdagi muammolarni hal etish bo‘yicha partiya bilan birgalikda chora-tadbirlar ishlab chiqadi.

✅ Bundan tashqari, deputat saylovchilar oldida muntazam hisobot berib borishi shart. Hisobotlarda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar va ularning yechimlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi. Bu esa deputat faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlaydi.

✅ Ushbu 7-modda deputatning saylovchilar bilan yaqin aloqada bo‘lishini, ularning manfaatlarini himoya qilishini hamda siyosiy partiya bilan hamkorlikda hududni rivojlantirishga qaratilgan faoliyat yuritishini belgilaydi. Bu esa vakillik demokratiyasining muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1