Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 20-24-aprel)
янв.21
"Do‘stlik" mahallasi nazoratda: infratuzilma va yakunlanmagan qurilishlar tahlil qilindi
янв.21
"Ma'rifat" mahallasi deputat nazoratida
янв.21
Murojaat va natija: "Alpomish" mahallasidagi muammolar hal etilmoqda
янв.21
"Mehrobod" mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 13-17-aprel kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida jamoat xavfsizligi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida ish samaradorligi va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: Ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalar uylari ta’mirlanadi
янв.21
"Manguzar" mahallasi: Prezident topshiriqlari va deputat nazorati
✅Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi 19-mart kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.

✅Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi 19-mart kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.

 

Sessiya ishini O'ZLIDEP partiya guruhi aʼzosi Xaydar Urakov olib bordi. Sessiya ishida bir qator masalalar ko'rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

• Joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati to‘g‘risida viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattorovning axboroti.

• Aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yuldashevning hisoboti.

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-71-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda “Samarqand viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filialida” korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

• Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 31-oktabrdagi “Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun to‘lov miqdorini hisoblashning namunaviy mexanizmi belgilash to‘g‘risida” VII-19-164-7-0-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida

• Viloyat mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.

• Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida

• Jahon bankining sog‘liqni saqlash loyihalari jamoasi va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish” (ikkinchi bosqichning qo‘shimcha moliyalashtirilishi)” loyiha konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.

• O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida.

• Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.

• Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida.

• Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining VII-26-25-7-0-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

• Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining VII-27-28-7-0-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

• Samarqand viloyati bo‘yicha 2026-yil davomida “E-auksion” savdo platformasi orqali sotuvga chiqariladigan yaylov yer maydonlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

• Samarqand viloyatida xavfsiz muhitni shakllantirish, jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha Toshkent shahar tajribasi asosida uyushgan jinoyatchilik va narkojinoyatlar, shuningdek kiberjinoyatlar hamda yashirin iqtisodiyotni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida.

 • boshqa masalalar

✅ @sam_vil_deputatlari 📹▶️youtube (https://youtu.be/p6p2r-3YNBE)

📱 facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580580010418)

Slide 1 of 9