Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Gulira'no" mahallasida jamoat xavfsizligi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida ish samaradorligi va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: Ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalar uylari ta’mirlanadi
янв.21
"Manguzar" mahallasi: Prezident topshiriqlari va deputat nazorati
янв.21
Ijtimoiy himoya va qaror ijrosi: "Navro‘z" mahallasida xonadonlar o‘rganildi
янв.21
"Navro‘z" va "Baynalminal" mahallalarida ish jarayoni o‘rganildi
янв.21
🏛️Termiz shahar Kengashida ijro intizomi va ish samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Sessiyaga tayyorgarlik: Hisobotlarga asosan joylarda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkaziladi
янв.21
"Eskishahar" mahallasida "24 Yo‘nalish" ijrosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
So‘zdan amalga: Muammolar joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

"Ma'naviyat" mahallasi hududida, Dehqon bozori atrofidagi tashlandiq maydon endi tartibli avtoturargohga aylantirilmoqda! 

Bu tashabbus — bozor kunlari transport joylashtirish muammosidan aziyat chekkan mahalla aholisining ko‘p yillik talabi edi.

✅ Nima qilinmoqda?

Tashlandiq hudud zamonaviy va qulay avtoturargoh sifatida jihozlanmoqda. Bu nafaqat mahalla sakinlari, balki bozorga keluvchi minglab fuqarolar uchun ham sezilarli qulaylik yaratadi. Avval ushbu muammo ko‘p bora kuzatilgan bo‘lib, ayniqsa bozor kunlari transport vositalarini joylashtirishda qiyinchiliklar yuzaga kelardi. Endilikda ushbu tashabbus orqali tartibli va qulay infratuzilma shakllantirilmoqda.

Mazkur ishlar Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Alibek Amanlikov ishtirokida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari Komiljon Abdaliyev hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Inom Bababekov bilan birgalikda ishlar tizimli ravishda tashkil etildi.

Ushbu loyiha aholi murojaatlariga tezkor va amaliy yondashuvning yana bir yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3