Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 20-24-aprel)
янв.21
"Do‘stlik" mahallasi nazoratda: infratuzilma va yakunlanmagan qurilishlar tahlil qilindi
янв.21
"Ma'rifat" mahallasi deputat nazoratida
янв.21
Murojaat va natija: "Alpomish" mahallasidagi muammolar hal etilmoqda
янв.21
"Mehrobod" mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 13-17-aprel kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida jamoat xavfsizligi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida ish samaradorligi va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: Ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalar uylari ta’mirlanadi
янв.21
"Manguzar" mahallasi: Prezident topshiriqlari va deputat nazorati
“Qorasuv" mahallasida deputat qabuli bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati B.X.Boltayevaning “Qorasuv” MFYda navbatdagi “Deputat qabuli” bo‘lib o‘tdi. Qabulda aholining ijtimoiy, muammoli masalalari tinglandi. Deputat qabulida aholining ko‘targan masalalari joyiga chiqib o‘rganildi. Ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy yurib, aholi bilan suhbat o‘tkazdi. 

Mahalla hududini o‘rganish davomida mahallani obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ichki ko‘chalarning holatini o‘rgandi. Aholi, ko‘cha boshilar va tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazdi.  

Aholi va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va e’tirozlar bo‘yicha ijro hokimiyati tomonidan dasturlarga “Qorasuv” MFY bo‘yicha kiritilgan tadbirlarni ma’qullar tomonidan ijrosini nazoratga olishini bildirdi.  

Uchrashuv va suhbat nihoyasida deputat B.Boltayeva Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining 2026-yil 24-mart kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p xonadonli uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarorining ijrosi hamda Mirobod tumanidagi ichki xo‘jalik yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilgani haqida ma’lumot berdi. 

Qabulda mahalliy Kengash kotibiyatidan mas’ul T.Xamdamov ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 8