Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi: Kadastr tizimida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi
янв.21
“Ochiq budjet”: Xalq tanlagan loyihalarni moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash tizimi deputat nazoratida: "Guliston" mahallasi tahlil qilindi
янв.21
Mahalla boshqaruvi va "yettilik" faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIK — DAVR TALABI!
янв.21
Maktabdagi muammo hal etildi: Deputat amaliy yordami samarasi
янв.21
Ijtimoiy adolat va xalq roziligi — ustuvor yo‘nalish!
янв.21
Ko‘p qavatli turar-joy qurilishi jarayoni monitoring qilindi
янв.21
Termiz shahrida zamonaviy shaharsozlik: investitsiya loyihalari amalda!
янв.21
Mahallada o‘tkazilgan ochiq muloqotda ko‘tarilgan muammolar joyida borib o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdagi yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Kengash raisi Ostonov Zoxidjon Tolipovich raislik qildi. Unda tuman deputatlari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdilar.

  Kun tartibida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan: Karmana tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organi rahbarining atrof muhitni muhofaza qilishning holati to‘g‘risida Karmana tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i A.Ibragimov hisobot berdi. Tumanda sanitar-epidemiologik Osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan olib borilgan ishlar to‘g‘risida tuman sanitar-epidemiologik Osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i hisobot berdi.Karmana tumani davlat kadastr bo‘limida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va natijasini muhokama qilish to‘g‘risida Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha komissiya raisi Z.Tog‘ayev axborot berdiTumandagi yoshlarni ishga joylashtirish ularning bandligini ta’minlash va otaliqga olingan og`ir toifadagi yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Karmana tumani Yoshlar ishlar bo‘limi rahbari B.Bekov hisobot berdi.Karmana tumanida vegetatsiya davri uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash to‘g‘risida Karmana tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori F.Hakimov hisobot taklifini berdi.Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 8