Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Gulira'no" mahallasida jamoat xavfsizligi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida ish samaradorligi va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: Ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalar uylari ta’mirlanadi
янв.21
"Manguzar" mahallasi: Prezident topshiriqlari va deputat nazorati
янв.21
Ijtimoiy himoya va qaror ijrosi: "Navro‘z" mahallasida xonadonlar o‘rganildi
янв.21
"Navro‘z" va "Baynalminal" mahallalarida ish jarayoni o‘rganildi
янв.21
🏛️Termiz shahar Kengashida ijro intizomi va ish samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Sessiyaga tayyorgarlik: Hisobotlarga asosan joylarda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkaziladi
янв.21
"Eskishahar" mahallasida "24 Yo‘nalish" ijrosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
So‘zdan amalga: Muammolar joyida o‘rganildi
Deputatlar sogʻliqni saqlash tizimidagi yangiliklar boʻyicha aholi bilan uchrashuv oʻtkazdi

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati, O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi, partiya deputatlik guruhi rahbari, Qorasuv shahar tibbiyot birlashmasi boshligʻi X.A. Xalilova tomonidan Z.M. Bobur MFY va Uch Tegirmon MFY mahalla ettiligi xodimlari hamda mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida 2026 yilda joriy etiladigan asosiy tibbiy islohotlar boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda quyidagi oʻzgarishlar haqida ma'lumot berildi:

Oila shifokori va fuqaro oʻrtasida bitim imzolanishi.

Oila shifokorini fuqarolar tomonidan erkin tanlash imkoniyati.

Tibbiy koʻrikdan yilda bir marta oʻtish, tavsiyalarga amal qilish, bolalarni emlatish kabi majburiyatlar belgilab qoʻyilishi.

Bitim shartlari bajarilmasa — tibbiy xizmatlar pulli amalga oshirilishi.

Poliklinikalarda EKG, UTT, rentgen xizmatlarining bir joyda joylashtirilishi.

Barcha hisobot va blankalarning elektron shaklga oʻtkazilishi.

28 xil dori vositasining elektron resept orqali bepul berilishi.

Shifoxonalarga elektron yoʻllanma orqali yotqizish tartibi.

Markazlashtirilgan avtomatlashtirilgan laboratoriya xizmati tashkil etilishi.

Mahalla faollari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Slide 1 of 5