Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalla — islohotlar ko‘zgusi: “O‘zbekiston” mahallasi faollari bilan muloqot
янв.21
Muammoni eshitish emas, ko‘rish va hal etish — deputatning asosiy vazifasi
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi: Kadastr tizimida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi
янв.21
“Ochiq budjet”: Xalq tanlagan loyihalarni moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash tizimi deputat nazoratida: "Guliston" mahallasi tahlil qilindi
янв.21
Mahalla boshqaruvi va "yettilik" faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIK — DAVR TALABI!
янв.21
Maktabdagi muammo hal etildi: Deputat amaliy yordami samarasi
янв.21
Ijtimoiy adolat va xalq roziligi — ustuvor yo‘nalish!
Deputat va yoshlar uchrashuvi

Joriy yilning 5-dekabr kuni Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna o`z okrugidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 8-dekabr–“Konstitutsiya qabul qilinganligining 33 yilligi” munosabati bilan o`tkazilgan “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” nomli tadbirda ishtirok etib,oʻquvchi yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi, inson hayotidagi oʻrni haqida tushunchalar berdi. Tadbir davomida deputat Konstitutsiyamiz mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy poydevori bo`lib amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun huquqiy asos yaratilganligi to’g’risida so’zladi. Shuningdek B.Maxmudova “Oʻzbekiston Konstitutsiyasi tarixi”kitobi bilan oʻquvchilarni tanishtirib, yigʻilganlarga ushbu kitobni oʻqishni tavsiya qildi. 

Slide 1 of 4