Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalla — islohotlar ko‘zgusi: “O‘zbekiston” mahallasi faollari bilan muloqot
янв.21
Muammoni eshitish emas, ko‘rish va hal etish — deputatning asosiy vazifasi
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi: Kadastr tizimida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi
янв.21
“Ochiq budjet”: Xalq tanlagan loyihalarni moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash tizimi deputat nazoratida: "Guliston" mahallasi tahlil qilindi
янв.21
Mahalla boshqaruvi va "yettilik" faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIK — DAVR TALABI!
янв.21
Maktabdagi muammo hal etildi: Deputat amaliy yordami samarasi
янв.21
Ijtimoiy adolat va xalq roziligi — ustuvor yo‘nalish!
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Bogʻot tumani va Xonqa tumani Kengashi va yosh deputat A.Odamboyeva tashabbusi bilan “Kuzgi eko-sayohat” shiori ostida ekologik ekskursiya tashkil etildi.

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Bogʻot tumani va Xonqa tumani Kengashi va yosh deputat A.Odamboyeva tashabbusi bilan “Kuzgi eko-sayohat” shiori ostida ekologik ekskursiya tashkil etildi.

Mazkur ekskursiya Gulchilik yoʻnalishiga ixtisoslashgan maktab hududida boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida oʻquvchilarga issiqxona faoliyati, unda o‘simliklarning parvarishi, ko‘paytirish jarayonlari hamda zamonaviy agrotexnik usullar amaliy tarzda namoyish etildi.

Eko-sayohatning asosiy maqsadi — yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, tabiatga e’tiborni kuchaytirish, amaliy tajriba orqali ularni ekologik ongli va mas’uliyatli fuqarolar sifatida tarbiyalashdir.

Tadbir doirasida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot, savol-javoblar oʻtkazildi, shuningdek, issiqxonalarda yetishtirilayotgan turli manzarali va foydali o‘simliklar bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbir soʻngida faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashi deputati A.Odambayeva

Slide 1 of 7