Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Navro‘z" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mas’ullar faoliyati va natijadorlik o‘rganildi
янв.21
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali — Termiz shahar qo‘rg‘oni!
янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
Deputat tashubbusi bilan imkoniyati cheklangan, mehrga muxtoj insonlar holidan habar olindi

3-dekabr kuni Xalqaro nogironlar kunining o‘tkazilishi nogironlarning muammolariga, xususan, ularning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokidan yuzaga keladigan afzallikka jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, nogironlar qadri, huquqlari va farovonligini himoya qilishga qaratilgan. Millatimiz azal-azaldan mehr-oqibatli bo‘lib kelgan. Yiqilganni suyash, ko‘makka muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish azaliy odatlarimizdan.

Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat S.M.Nurmahmatov tomonidan bugun “3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Al-Hakim at-Termiziy MFYda yashovchi 10-dan ortiq nogironligi mavjud oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi.

Deputat bu an’anani bir-necha yillardan beri tantanali bayram tarzida amalga oshirib, xonadonlarga quvonch va shodlik ulashib kelmoqda.

Slide 1 of 4