35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida: Termiz shahrida sog‘liqni saqlashda yangi bosqich va raqamli tibbiyot istiqbollari
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kengash_raisi #deputat_faoliyati “Amu sohillari” mahallasida deputatlik nazorati
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #murojaat_daftari #deputat_faoliyati Mahallada ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Bandlik, tadbirkorlik va farovonlik — deputatlar diqqat markazida
янв.21
Mahallada yoshlar yetakchisi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalladagi muammolar va aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi: Termiz shahrida bog‘chalar rivoji, qamrov va ta’lim sifati debat markazida
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi — samarali faoliyat garovi: O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Termiz shahar bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Jaloliddin Manguberdi ko‘chasida infratuzilma o‘rganildi
янв.21
“O‘zbekiston” mahallasi hududida nazorat-tahlil tadbirlari olib borildi
Mahallalardagi muammolar – aytildi, eshitildi va yechimiga qadam qo‘yildi!

Mahallalardagi muammolar – aytildi, eshitildi va yechimiga qadam qo‘yildi!

Farg‘ona tumanida aholi hayotiga bevosita ta’sir qilayotgan masalalarni birinchi navbatda hal etish maqsadida olib borilayotgan ochiq muloqotlar izchil davom etmoqda. Bu safar Damko‘l va Guliston mahallalariga tashrif buyurilib, odamlarning dardi, talab va umidlari yuzma-yuz eshitildi.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Shuxratjon Raximov va Ozodaxon Dadajonova mahalla yettiligi va faollar bilan birgalikda hududni aylanib, aholini qiynayotgan muammolarni bevosita o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, yechimi bo‘yicha amaliy yo‘llarni belgilap oldilar. Uchrashuv jarayonida aholi uchun eng og‘ir bo‘lgan bir qator masalalar ochiq muhokama qilindi:

• “Yashil makon” ishlari;

• xotin-qizlar bandligi;

• infratuzilmadagi uzilishlar;

• to‘y va marosimlarda dabdabani kamaytirish;

• yoshlar o‘rtasida erta nikohlarning oldini olish.

Ammo odamlarning eng katta dardi aniq: ichimlik suvi va elektr ta’minoti!

🔹 Damko‘l MFY — Shirmon ko‘chasi. 170 dan ortiq xonadon bor, ammo elektr yetarli emas. Bu – kundalik turmushdagi asosiy qulayliklarni cheklayapti. Tayanch ustunlari kam, ayrim xonadonlar ustida yuqori bosimli elektr tarmog‘ining o‘tib ketgani esa fuqarolarni haqli ravishda xavotirga solmoqda.

🔹 Guliston MFY — Lolazor, Shodon, Yorqin, Navro‘z ko‘chalari. Bu manzillarda elektr infratuzilmasi keskin yetishmaydi. Ayniqsa Yorqin va Navro‘z ko‘chalarida yangi transformatorga ehtiyoj – kechiktirib bo‘lmas masala.

O‘rganishlar yakunida har bir muammo bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar yuklandi. Eng muhimi – fuqarolarning har bir talabini rasmiy nazoratga olish maqsadida “Deputatlik so‘rovi” darhol yuborishga kelishib olindi. Bu uchrashuv – shunchaki navbatdagisi emas. Bu – odamlar ovozini eshitish, dardini his qilish va muammolarni manzilli hal etish sari tashlangan katta qadam.

Tumanimizda hech bir muammo tasodifga qoldirilmaydi. Har bir masala – nazoratda. Har bir murojaat – yechim sari.

Slide 1 of 6