35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Manzilli dastur ijrosi — deputat nazoratida
янв.21
Deputat va fuqarolar: muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada hududni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Bog‘ishamol” mahallasidagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: 11-sonli maktabdagi holat nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi ishlar deputatlar nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi deputatlar e’tiborida
янв.21
Mahalladagi ishlar va aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.21
SUV TA’MINOTI OG‘IR HUDUDLARDA AHOLI TOMORQALARI VA YER MAYDONLARIGA SUV CHIQARISH ISHLARI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANADI
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

Bugun yurtimizning eng muqaddas ramzlaridan biri — Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi.

Bayrog‘imiz — mustaqillik, tinchlik, ezgulik va milliy birlik timsoli. U xalqimizning faxri, g‘ururi va kelajakka bo‘lgan qat’iy intilishlarini ifodalaydi.

Davlat bayrog‘imizdagi har bir rang va belgi — xalqimizning tarixiy xotirasi, ma’naviy qadriyatlari, ezgu orzu-umidlari hamda kelajakka ishonchining ifodasidir.

U yurtimiz tinchligi, mustahkam taraqqiyoti va milliy birdamligimiz ramzi sifatida qadrlanadi.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Yurtimiz bayrog‘i doimo balandda hilpirab, Vatanimizning yorqin kelajagi yo‘lida ilhom va birlik manbai bo‘lib xizmat qilsin.
https://t.me/Andijon_shahar_kengashi