35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Guliston” mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Nurli kelajak mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Alisher Navoiy” mahallasida imtiyozli kreditlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Deputat va mahalla hamkorligi: hududdagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati J.Xamroqulov tomonidan Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati doirasida tadbirkorlik va budjet, transport, investitsiyalar, valyuta va turizm hamda mulk va raqobat sohalariga oid qator qonunlar biriktirilgan:
янв.21
23-sonli maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
“Abdulla Avloniy” mahallasida deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
Ta’lim muassasalarida zamonaviy sharoitlar — deputatlik nazoratida
янв.21
Shaffoflik va ochiqlik — korrupsiyaga qarshi kurashning muhim mezoni
янв.21
“Shifokor” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

MUNOSABAT

Markaziy Osiyo integratsiyasida strategik tashabbuslar va yangi rivojlanish bosqichi

So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida kuzatilayotgan yaqindan integratsiya jarayoni va mintaqaviy hamkorlikning kengayishi xalqaro maydonda alohida e’tibor qozonmoqda. Bu jarayon mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning chuqurlashishiga xizmat qilishi bilan birga, mintaqada barqarorlik va taraqqiyotning yangi modelini shakllantirishga imkon bermoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston ushbu jarayonda yetakchi rolni bajarib, mintaqaviy integratsiyaning lokomotivi sifatida faol ishtirok etmoqda.

Kuni kecha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi Markaziy Osiyo rahbarlarining Maslahat uchrashuvida ham davlatimiz rahbari tomonidan mintaqaviy integratsiyani yanada chuqurlashtirishga qaratilgan muhim takliflar ilgari surildi. Jumladan:

- uchrashuvlarni mintaqaviy muloqotning maslahat shaklidan “Markaziy Osiyo hamjamiyati” strategik formatiga aylantirish, Maslahat uchrashuvlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish, rotatsiya asosida faoliyat yuritadigan Kotibiyatni ta’sis etish, milliy muvofiqlashtiruvchilar maqomini Prezidentlarning maxsus vakillari darajasiga ko‘tarish;

- boy hayotiy tajriba va obro‘-e’tiborga ega jamoat arboblaridan iborat Oqsoqollar kengashini tuzish;

- savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 2035-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan keng qamrovli mintaqaviy dasturni ishlab chiqish, umumiy investitsiya makoni to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilish; 

- elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

- bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha kengash tashkil etish;

- “Farg‘ona tinchlik forumi” ekspertlik platformasini muntazam o‘tkaziladigan xalqaro anjumanga aylantirish; 

- 2026-2036-yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilish; 

- ma’naviy meros va ma’rifatparvarlik g‘oyalariga bag‘ishlangan Xalqaro kongressni har yili Maslahat uchrashuviga raislik qiluvchi mamlakatda o‘tkazib borish; 

- Mintaqaviy ilmiy tadqiqotlar jamg‘armasini tashkil qilish.

Shu bilan birga, mintaqaviy hamkorlikning yanada mustahkamlanishi faqat siyosiy va iqtisodiy sohalarda emas, balki ilmiy tadqiqotlar, ma’naviy meros va ma’rifatparvarlik sohalarida ham o‘z ifodasini topadi. Shu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘z birlik va hamkorligi orqali mintaqaviy barqarorlik, integratsiya va uzoq muddatli rivojlanishning yangi modelini shakllantirishga intilmoqda.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, dunyoda geosiyosiy, geoiqtisodiy tahdidlar kuchaygan, ertangi kunni bashorat qilib bo‘lmaydigan davrda “Yangi Markaziy Osiyo” deb atalgan tushuncha real voqelikka aylandi – qo‘shnilar o‘rtasida ishonch va do‘stlik ruhi tiklanib, siyosiy chegara va devorlar o‘rnini o‘zaro manfaatli ko‘priklar egallamoqda. Bu yangi mintaqaviy birdamlik ruhi Markaziy Osiyoni barqaror taraqqiyot va farovonlik sari bir yoqadan bosh chiqarib olg‘a intilayotgan yangi kuch markaziga aylanishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 19-Sherobod saylov okrugi deputati A.Choriyev

Slide 1 of 1