35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24- sessiyasi yakunlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Yettinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Oltinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Beshinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
To‘rtinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Uchinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-sessiyasida budjet va infratuzilma masalalari muhokama qilinmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
Romitan tumanida “Depetat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Romitan tumanida yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish, ularning bandligi, ijtimoiy faolligini oshirish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi Romitan tuman Kengashi tomonidan Agrotexnologiyalar texnikumi talabalari bilan ochiq va jonli davra suhbati o‘tkazildi. 

Yoshlarimizning siyosiy jarayonlarda faolligi, o‘qish va jamoa ishlaridagi ishtiroki, axloq va odobi haqida so‘z bordi.

Muloqot davomida yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, partiyaning ijtimoiy adolat va xalq manfaatlarini himoya qilish borasidagi maqsad va vazifalari bilan yaqindan tanishishdi.

Tadbir so‘ngida Vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan, partiyaning dasturiy g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan bir guruh faol yoshlar tantanali ravishda Xalq Demokratik Partiyasi safiga qabul qilindi!

Tuman Kengashi deputati Mo‘mina Jumayeva yosh partiya a’zolarini qutlab, ularga oq yo‘l tiladi.

Slide 1 of 1