Hokim yordamchisi faoliyati oʻrganildi
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-son Farmoniga asosan xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati T.Mirsidiqov tomonidan “Xumson” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida mahallalarda kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilish borasida hokim yordamchisi ko‘magida tashkil etilgan tikuvchilik sehida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
🔹Shuningdek, mahallada “Kambag‘allikni reyestri”ga kiritilgan oilalarni reyestrdan chiqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.