35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
Deputat boshchiligida yashil kelajak sari qadam

Deputat boshchiligida yashil kelajak sari qadam

✍️“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida belgilangan “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili yurtimizda keng miqyosdagi ekologik islohotlar va tabiatni asrashga qaratilgan amaliy harakatlarni yanada jonlantirdi. 

Bu yo‘nalishdagi ezgu tashabbuslar nafaqat markaziy darajada, balki hududlarda ham hayotga tatbiq etilayotgani ayni damdagi ijtimoiy faollikning yaqqol ko‘rinishiga aylandi.

🔂Shunday tashabbuslardan biri Urgut tumanida amalga oshirilmoqda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Ximmat Okbutayev “Yashil kelajak – barqaror taraqqiyot poydevori” shiori ostida tumanda ko‘kalamzorlashtirish ishlariga bosh-qosh bo‘lib, ekologik madaniyatni oshirish va tabiatga e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan ishlarga yetakchilik qilmoqda. 

Deputat tashabbusi bilan hududda ishga tushirilayotgan yangi poyezd yo‘li atrofiga manzarali ko‘chatlar ekilib, yo‘l bo‘ylari yangi qiyofa kasb etmoqda. Bu nafaqat atrof muhitning tozaligiga, balki tumanning estetik ko‘rinishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

🤔Shu bilan birga, aholi xonadonlariga mevali ko‘chatlar tarqatish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Bu orqali aholining ekologik faolligi oshirilmoqda. Mevali ko‘chatlar nafaqat soya beradi, havo tozaligini ta’minlaydi, balki kelgusida har bir oila uchun tabiiy ne’mat manbai sifatida xizmat qiladi.

🟢Bu kabi amaliy harakatlar mamlakatimizdagi “yashil iqtisodiyot” tamoyillarining amaldagi ifodasi bo‘lib, fuqarolarning tabiatga mas’uliyat bilan yondashuvini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Deupatning tashabbusi joylarda ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam sifatida ahamiyat kasb etmoqda.

🤔Deputatning bu ezgu faoliyati nafaqat Urgut aholisiga, balki butun viloyatga ibrat bo‘lib, jamoatchilikning tabiatni asrash va uning go‘zalligini saqlash borasidagi faol ishtirokiga ilhom bag‘ishlamoqda.

✅ @sam_vil_deputatlar

Slide 1 of 3