Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Gulira'no" mahallasida jamoat xavfsizligi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida ish samaradorligi va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: Ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalar uylari ta’mirlanadi
янв.21
"Manguzar" mahallasi: Prezident topshiriqlari va deputat nazorati
янв.21
Ijtimoiy himoya va qaror ijrosi: "Navro‘z" mahallasida xonadonlar o‘rganildi
янв.21
"Navro‘z" va "Baynalminal" mahallalarida ish jarayoni o‘rganildi
янв.21
🏛️Termiz shahar Kengashida ijro intizomi va ish samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Sessiyaga tayyorgarlik: Hisobotlarga asosan joylarda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkaziladi
янв.21
"Eskishahar" mahallasida "24 Yo‘nalish" ijrosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
So‘zdan amalga: Muammolar joyida o‘rganildi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik deputatlar e’tiborida

 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikdeputatlar e’tiborida 

Dehqonobod tumanida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari izchil davom etmoqda. Shu maqsadda, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Zoirova Aziza hamda Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati Boysariev G‘ayrat hamkorlikda Dehqonobod tuman hududidagi 1-sonli va 69-sonli umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi.  

Mazkur o‘rganish jarayonining asosiy maqsadi — ta’lim muassasalarining sovuq mavsumga tayyorlik darajasini baholash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralarini ko‘rishdan iboratdir.  

Deputatlar ishtirokida o‘tkazilgan monitoring davomida quyidagi jihatlar chuqur o‘rganildi:  

· maktablar binolaridagi isitish tizimlarining holati va ularning to‘liq ishga tayyorligi;  

· ko‘mir zaxiralarining mavjudligi hamda sifat darajasi;  

· eshik va oynalarning mahkamligi, issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan
chora-tadbirlar;
 

· ichimlik suvi, elektr energiyasi va issiqlik ta’minotining uzluksizligi.  

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, ayrim ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari jadallashtirilishi lozimligi qayd etildi. Shu bilan birga, deputat Zoirova Aziza mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, kuz-qish mavsumida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishni ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.  

Mazkur jarayon davomida xalq deputatlari tomonidan o‘quv maskanlarining rahbarlari, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar vakillari bilan ham muloqot o‘tkazilib, mavsumiy tayyorgarlikning har bir bosqichi doimiy deputat nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.
O‘rganish ishlari davom etadi     

Slide 1 of 8