Muloqotda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Choriyev Abduraim Ravshanovich, Termiz shahar Kengashi deputatlari, mahalla faollari ishtirok etdi. Muhtaram Prezidentimizning olib borayotgan oqilona siyosati zamirida “inson qadri” tamoyili asosida bugungi kunda fuqarolarga ko‘plab imkoniyatlar va sharoitlar yaratilmoqda. Aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘plab dasturlar amalga oshirilyapti. Masalan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” orqali moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Barcha mahalliy Kengashlar deputatlari mahalla yettiligi bilan hamkorlikda fuqarolarning muammolari, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan o‘rganishlar olib bormoqda. Muloqot davomida fuqarolar ularga qaratilayotgan e’tibordan xalq vakillariga va avvalo, Muhtaram Prezidentimizga minnatdorchilik bildirdi. Quvonarlisi shundaki, hozirgi olib borilayotgan islohotlar zamirida mahallalarda eng avvalo, insonparvarlik va hamjihatlik muhiti yaratilgan. Har bir inson bir-biriga befarq emas, jamiyatda mehr, ishonch va tinchlik qaror topgan. Bu esa har qanday taraqqiyotning asosidir. Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha shu joyning o‘zida tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi. Issiq suv tizimi bo‘yicha aytilgan masala bo‘yicha deputatlik so‘rovi orqali yechim topishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, ushbu mahallada joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi. Unda asosan, issiqlik tarmoqlarining holati, is gazi va gaz-havo aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishildi.
Kuz-qish mavzumiga tayyorgarlik ishlarini deputatlar nazorat qilibgina qolmay, mas’ullar bilan yelkama-yelka faoliyat olib bormoqda. Vohamizdagi barcha ijtimoiy ob’ektlar qamrab olingan bo‘lib, kunlik tahlil qilinmoqda.