35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlik so‘rovi — amaliy natija: 14-maktabga olib boruvchi yo‘l ta’mirlandi!
янв.21
88 yoshli mehnat faxriysi e’zozlandi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi
янв.21
"Farxod" mahallasidagi ko‘p qavatli uylarni yagona issiqlik tarmog‘iga ulash ishlari deputatlik nazoratida!
янв.21
Amaliy rejadan amalga: "Namuna" mahallasidagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasini tungi yoritish chiroqlari bilan ta’minlash masalasi deputat nazoratiga olindi!
янв.21
Mahalla boshqaruvi yangi bosqichda: "Namuna" mahallasida PF–116-sonli Farmon ijrosi va faollar faoliyati muhokama qilindi!
янв.21
Savolnoma asosida nazorat: "Majnuntol" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati O‘RQ-406-sonli Qonun doirasida tahlil qilindi!
янв.21
Qonun ustuvorligi amalda: "Majnuntol" mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati PF–116 Farmoni talablari asosida kompleks o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi qat’iy kurash: "Kattabog‘" mahallasida O‘RQ-371-sonli Qonun ijrosi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi!
O‘zbekiston va AQSh hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika qo‘shma shtatiga rasmiy tashrifi mamlakatimiz tashqi siyosatining izchil davomiyligini, ochiqlik va hamkorlik tamoyillariga sodiqligini yana bir bor namoyon etdi. Bu safar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirishga qaratilgan tarixiy uchrashuvlar va amaliy kelishuvlar bo‘lib o‘tdi. 

Tashrif davomida siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik, ta’lim va texnologiya yo‘nalishlarida muhim masalalar muhokama qilindi. Xususan, AQSh Prezidenti ma’muriyati, Kongress vakillari hamda yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi energetika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va transport infratuzilmasi sohalarida bir qator yirik loyihalar bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Shuningdek, ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlash sohasida ham hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan yetakchi AQSh universitetlari o‘rtasida qo‘shma dasturlar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. 

Deputat sifatida men bu tashrifni mamlakatimiz uchun katta siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochuvchi muhim qadam deb bilaman. Bu nafaqat davlatlararo strategik aloqalarning mustahkamlanishiga, balki mahalliy hududlarda ham investitsion muhitni yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga turtki beradi. 

Kelgusida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi sheriklikning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 

investitsiya va texnologiyalar transferi - ilg‘or AQSh kompaniyalarining sarmoyalarini jalb qilish; 

raqamli iqtisodiyot va “yashil energiya” sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish; 

ta’lim va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, yoshlar uchun xalqaro almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish; 

xavfsizlik sohasida hamkorlik - mintaqaviy barqarorlik, kiberxavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashda tajriba almashish. 

Prezident tashrifi natijalarini joylarda amaliy natijaga aylantirish - biz, deputatlar zimmasidagi mas’uliyatli vazifadir. Xalq manfaatlari yo‘lida har bir yangi imkoniyatdan oqilona foydalanish, xorijiy hamkorlar bilan ochiq muloqot va sarmoyaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim. 

Bu tashrif O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘yini yanada oshirib, mamlakatimizni ishonchli va barqaror hamkor sifatida ko‘rsatdi. Eng muhimi, ushbu natijalar xalqimiz farovonligini oshirish, iqtisodiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 

Jahongir Safarov,

xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati