✅Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'n to'qqizinchi sessiyasi 28-oktabr kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.
Sessiya ishini Kengash raisi Sh.Negmatov olib bordi. Sessiya ishida bir qator masalalar ko'rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
- viloyatda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i T.Aripovning hisoboti;
- viloyatda aholini ichimlik va oqava suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida “Samarqand suv ta’minoti” AJ direktori T.Boboyevning hisoboti;
- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun to‘lov miqdorini hisoblashning namunaviy mexanizmini belgilash to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatida “Zarbdor” tajribasi asosida birinchi bosqichda ishga tushiriladigan drayver loyihalarning manzilli dasturiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda tender yakunlariga ko‘ra aniqlashtirilgan parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- “Samarqand Invest kompaniyasi” AJ ustav kapitalini bosqichma-bosqich shakllantirish to‘g‘risida;
- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;
- Energetika vazirligi tomonidan amalga oshirilishi va Jahon banki tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan “O‘zbekistonda kichik gidroenergetikani rivojlantirish” loyiha konsepsiyasi to‘g‘risida;
- “Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzurida Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasini tuzish to‘g‘risida;
- viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- viloyatning qishloq tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahallalarni tanlash va ularning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida.
✅ @sam_vil_deputatlari