Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Navro‘z" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mas’ullar faoliyati va natijadorlik o‘rganildi
янв.21
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali — Termiz shahar qo‘rg‘oni!
янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Zomin tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Alisher Abdug‘aniyev raislik qildi.

 Yig‘ilishda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va muassasa rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibiga tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga, huquqni muhofaza qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, moliyaviy barqarorlik va ta’lim tizimiga oid bir qator dolzarb masalalar kiritildi.

Kun tartibidagi asosiy masalalar quyidagilardan iborat bo‘ldi:

1.Tuman prokurorining axboroti — 2025-yilning 9 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilikni jilovlash va korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

2.Zomin tuman IIB boshlig‘ining hisoboti — jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan ma’lumot berildi.

3.“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi”dan mablag‘ ajratish to‘g‘risida masala ko‘rib chiqildi.

4.“Shijoat va G‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi tuman bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash masalasi muhokama etildi.

5.Tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarining hisoboti — mahalliy budjet daromadlari bajarilishi, qo‘shimcha rezervlar aniqlanishi, soliqlar va majburiy to‘lovlar holati hamda soliq qarzdorligi bo‘yicha tahlillar tinglandi.

6.Zomin tumanidagi geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalasi ko‘rib chiqildi.

7. Tuman gazetasi hisoboti — amalga oshirilayotgan islohotlarni aholiga yetkazish, axborot siyosatini samarali tashkil etish masalalari tahlil qilindi.

8. Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sh. Ibragimov tomonidan ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan ma’ruza tinglandi.

Sessiya davomida har bir masala yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va tavsiyalar bildirildi, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Yakunda sessiya ishtirokchilari tomonidan Zomin tumanida jinoyatchilikning oldini olish, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, mahalliy byudjet daromadlarini mustahkamlash, ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 10