Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLADAGI HAMKORLIK VA BOSHQARUV TIZIMI – DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Muammolar joyida o‘rganilmoqda: "Yulduz" mahallasida ko‘chama-ko‘cha tahlil — aniqlangan kamchiliklar deputat nazoratida!
янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati joyida: “Yulduz” mahallasida mahalla faollari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Islohotlar kuchini birlashtirgan hamkorlik
янв.21
30-iyun — O‘zbekistonda Yoshlar kuni
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #162_qonun 🏛️Qonun va deputat faoliyati
янв.21
Qonun ustuvorligi va ijtimoiy himoya: "Ma’rifat" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati aholi bilan bevosita muloqot orqali tahlil qilindi!
янв.21
Deputatlar tomonidan sessiya oldi kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: ijtimoiy himoya tizimi ijrosi joyida o‘rganildi
SAMARQAND DUNYO NIGOHIDA

     Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKOning 43-sessiyasi – nafaqat 🇺🇿 O‘zbekiston, balki butun dunyo hamjamiyati uchun muhim tarixiy voqeadir. Bu tadbir orqali yurtimiz yana bir bor xalqaro maydonda o‘zining madaniy, ilmiy va ma’naviy salohiyatini namoyon etmoqda.

     YUNESKO kabi nufuzli tashkilot sessiyasining aynan Samarqandda o‘tkazilayotgani — mamlakatimizda tinchlik, hamkorlik va madaniy muloqotga berilayotgan yuksak e’tiborning yaqqol dalilidir.

     Ushbu anjuman orqali O‘zbekistonning boy tarixiy merosi, qadimiy madaniy an’analari va mehmondo‘st xalqi dunyo hamjamiyatiga yanada kengroq tanitilmoqda.

      Shuningdek, bu sessiya turli mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, madaniy merosni asrash, hamda‍🎓 yosh avlodni ma’rifat va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biridir. Mening fikrimcha, bunday xalqaro anjumanlar 🇺🇿 O‘zbekistonning nufuzini oshirish bilan birga, butun insoniyat uchun tinchlik va taraqqiyotga xizmat qiladi. 

Xalq deputatlari Toyloq tuman kengashi deputati.

Muminova Lobar