Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Farhod” mahallasida kengash qarori asosida xonadonlar ta’mirlanadi
янв.21
“Pattakesar” mahallasida aholi murojaati nazoratda: Do‘stlik ko‘chasidagi transformatorni ko‘chirish masalasi deputatlar e’tiborida
янв.21
“Pattakesar” mahallasida kengash qarori asosida xonadonlar ta’mirlanadi
янв.21
“Pattakesar” mahallasida "yettilik" faoliyati tahlili: Deputat nazorati va PF-209-sonli farmon ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida Kengash qarori asosida xonadonlar ta’mirlanadi
янв.21
“Turon” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy reyestr nazoratda: Senat qarori va deputatlarning “24 ta eng muhim yo‘nalishi” asosida muhokama o‘tkazildi
янв.21
Temir yo‘l bo‘ylari obod etiladi: “Yulduz” va “Chegara” mahallalaridagi hududlar deputatlar nazoratida
янв.21
“Yulduz” mahallasida tadbikorlik va ijtimoiy mas’uliyat: Deputatlar aholi uchun yaratilgan qulayliklarni o‘rgandi
янв.21
9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
Munosabat

 Munosabat 

 Prezidentimizning BMTdagi nutqi ichki yangilanish, mintaqaviy integratsiya va global mas’uliyat yo‘nalishlarini qamrab olgan keng qamrovli
bayonot bo‘ldi.
 

Ichki yangilanish – Prezident O‘zbekistonda barcha sohalarda qaytmas islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. 2017 yildan buyon yalpi ichki mahsuloti aholi jon boshiga 939,5 dollardan 3 092,7 dollargacha o‘sdi, eksport 27 milliard dollarga yetdi. Bu natijalar ta’lim, innovatsiya, yashil energiya va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategiya samarasidir. 

Mintaqaviy integratsiya – Prezident “yopiq chegaralar va nizolar davri o‘tmishda qoldi”, deb ta’kidlab, “Yangi Markaziy Osiyo”ni shakllantirish jarayonini muhim yo‘nalish sifatida ko‘rsatdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari va “Markaziy Osiyo – 2040” konsepsiyasi bu jarayonning institutsional asosini yaratmoqda. 

Global mas’uliyat – Davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbuslar O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikka ochiqligi va jahon miqyosidagi muammolarni hal etishda faol ishtirokini namoyon etdi. 

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston bugun nafaqat mintaqaviy, balki global masalalarda ham o‘z ovozi va yechimlariga ega bo‘lgan mas’uliyatli davlat sifatida namoyon bo‘lmoqda. 

  

  

Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kenashi deputati, O‘zXDP
deputatlik guruhi rahbari
 

Xodjiyev Shodiyar