O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati To'ychi Yo‘qubov Qiziltepa mahallasida bo‘lib, fuqarolar murojaatlarini tingladi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda fuqarolar bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoya, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, sog‘liqni saqlash, maktabgacha va umumta’lim tizimi masalalari bo‘yicha o‘z murojaatlarini bildirdilar.