Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Termiz shahar Kengashida mahallalar faoliyatini takomillashtirish masalasi muhokama qilinmoqda
янв.21
Termiz shahar Kengashida ayrim ko‘chalarga nom berish masalasi muhokama qilinmoqda
янв.21
Termiz shahar Kengashida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalasi muhokama qilinmoqda
янв.21
Mahalliy Kengashlar va fuqarolik jamiyati: Hamkorlik va nazoratni kuchaytirish
янв.21
“Alpomish” mahallasida tadbirkorlik rivoji: Yangi loyihalar ijrosini ko‘zdan kechirdi
янв.21
“Alpomish” mahallasida boshqaruv tizimi va xodimlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“24 ta muhim yo‘nalish” amalda: "Majnuntol" mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida deputatlar nazorati: “24 ta muhim yo‘nalish” ijrosi amalda!
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Aholi salomatligi — doimiy nazoratda
2025-yil 29-oktyabr kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

2025-yil 29-oktyabr kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasining kun tartibiga quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

- tuman hokimining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

- tumanda jinoyatchilik va korrupsiyani oldini olish borasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

- tuman IIB boshlig‘ining 2025-yil uchinchi chorak davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-sonli qaror ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

- “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining tumanda ijro etilishi hamda bozorlar va ulardagi narx-navolarning holati to‘g‘risida;

- mahalliy byudjet ijrosi, shuningdek hudud salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy byudjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy byudjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida;

- Zafarobod tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarining hisoboti to‘g‘risida;

- Zafarobod tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida;

- Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 2025-yil 16-sentyabrdagi VII-12-105-3-50-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

- “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida masalalar ko'rib chiqildi va mas'ullar hisoboti eshitildi.

Slide 1 of 6