Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy Kengash deputatlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida joriy yil oktabr-noyabr oylariga mo‘ljallangan media-rejasi ijrosi yuzasidan Termiz shahrining “Alpomish” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Termiz shahar “Alpomish” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi hamda obodonlashtirish ishlari samarali nazoratda
янв.21
Deputat Termizda maktabgacha ta’lim sharoitlari yaxshilanishini o‘rgandi
янв.21
Deputat “Impuls” klinikasida: tibbiyotda yangi bosqich sari
янв.21
Deputat va ustozlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Joriy yilning 4 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashning sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Huquqiy tartibotni ta’minlash yo‘lida muvofiqlashtirilgan hamkorlik
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Davlat tili – milliy g‘ururimiz va mustahkam poydevorimiz

Davlat tili – milliy g‘ururimiz va mustahkam poydevorimiz

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida:

“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili – o‘zbek tilidir” deb belgilangan. Bu qat’iy norma 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun orqali huquqiy asosini topdi. Mazkur hujjat nafaqat tilimizning maqomini belgilab berdi, balki milliy o‘zligimizni asrash, ma’naviyatimizni yuksaltirish yo‘lida mustahkam poydevorga aylandi.

Til – bu oddiy aloqa vositasi emas. Til – millatning ruhi, yuragi, g‘ururi va tarixidir. Aynan ona tili orqali xalq o‘zligini anglaydi, madaniyatini, qadriyatlarini, dunyoqarashini avloddan avlodga yetkazadi.

Bugun o‘zbek tili nafaqat O‘zbekiston hududida, balki butun dunyoda 50 millionga yaqin inson tomonidan qo‘llanilayotgan boy va sermazmun tilga aylangan. Bu esa biz, xalq vakillari oldida, tilimizni yanada rivojlantirish, uni hayotimizning har bir sohasida ustuvor mavqega ega qilish bo‘yicha katta mas’uliyat yuklaydi.

Davlat tili bugun barcha rasmiy hujjatlar, qonunlar, farmonlar va qarorlarning asosiy tiliga aylangan. Biroq biz bu bilan kifoyalanib qolmasligimiz kerak. O‘zbek tili hayotimizning har bir jabhasida – ta’limda, ilm-fanda, texnologiyada, ommaviy axborot vositalarida, internetda va zamonaviy platformalarda ham to‘laqonli qo‘llanilishi zarur.

Deputat sifatida shuni ta’kidlamoqchimanki, davlat tilining nufuzini oshirish – bu faqat til masalasi emas, balki millat kelajagi, uning ijtimoiy birligi va ma’naviy yuksalishi masalasidir. Har bir ota-ona, har bir o‘qituvchi, har bir rahbar va har bir fuqaro ona tiliga hurmat bilan yondashishi – Vatanga bo‘lgan muhabbatining amaliy ifodasidir.

Shu bois, ona tilimizni ardoqlash, uni to‘g‘ri va ravon qo‘llash, yosh avlodni o‘zbek tilida erkin fikrlaydigan, mutolaali va ma’naviy barkamol shaxs etib tarbiyalash – barchamizning umumiy burchimizdir.

Tilni asrash – kelajakni asrashdir!

Ona tilimiz – o‘zligimiz, uni qadrlash – milliy iftixorimiz bo‘lishi kerak.

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tosheva Shaxnoza Azamatovna

Slide 1 of 1