Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Gulira'no" mahallasida jamoat xavfsizligi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida ish samaradorligi va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: Ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalar uylari ta’mirlanadi
янв.21
"Manguzar" mahallasi: Prezident topshiriqlari va deputat nazorati
янв.21
Ijtimoiy himoya va qaror ijrosi: "Navro‘z" mahallasida xonadonlar o‘rganildi
янв.21
"Navro‘z" va "Baynalminal" mahallalarida ish jarayoni o‘rganildi
янв.21
🏛️Termiz shahar Kengashida ijro intizomi va ish samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Sessiyaga tayyorgarlik: Hisobotlarga asosan joylarda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkaziladi
янв.21
"Eskishahar" mahallasida "24 Yo‘nalish" ijrosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
So‘zdan amalga: Muammolar joyida o‘rganildi
BOLGARIYA PREZIDENTINING TASHRIFI MUNOSABATI BILAN TAʼLIM SOHASIDA YANGI IMKONIYATLAR

Mamlakatimizga Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev rasmiy tashrif bilan keldi. Ushbu tashrif tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.

Ayniqsa, taʼlim sohasida erishilgan kelishuvlar kelajakdagi avlodlar manfaatlariga xizmat qiluvchi muhim qadamlar bo‘ldi.

Yuqori taʼlim va ilmiy hamkorlik: – Tashrif doirasida O‘zbekiston va Bolgariya universitetlari rektorlari o‘rtasidagi uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu bilan ikki mamlakat o‘rtasida ilmiy-tadqiqot va akademik almashinuvlar yo‘lga qo‘yiladi.

Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar: – Bolgariya oliygohlarida o‘zbekistonlik talabalar uchun grant asosida taʼlim olish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Bu yurtdoshlarimizga Yevropa standartlariga mos bilim olish imkonini yaratadi. 

Ilm-fan va innovatsiyalar: – Taʼlim sohasida IT, sunʼiy intellekt va muhandislik yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Bolgariyaning innovatsion taʼlim tajribasi yurtimizdagi oliy taʼlim tizimiga joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Madaniy va til almashinuvi: – Bolgar tili kurslarini O‘zbekiston OTMlarida tashkil etish, madaniy haftaliklar va talabalar almashinuvini tashkil qilish rejalashtirildi. Bu ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlaydi. 

Biz, mahalliy Kengash deputatlari, ushbu tashrif doirasida erishilgan natijalardan ruhlanib, ularni joylarda hayotga tatbiq etishga masʼulmiz. Taʼlim — millat kelajagi. Ushbu yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish har birimizning vazifamizdir.

Anorboyeva Go‘zal Farxodovna, Jizzax shahar Kengashi deputati.

Slide 1 of 2