Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Navro‘z" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mas’ullar faoliyati va natijadorlik o‘rganildi
янв.21
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali — Termiz shahar qo‘rg‘oni!
янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
Deputatlar tuman tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandilar

 Deputatlar tuman tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandilar

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
deputatlari joriy yilning 7 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida
sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan
yig‘ilishda belgilangan vazifalar, xususan, “90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” doirasida
belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi tibbiyot muassasalari
faoliyatini o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar.
 

Shu maqsadda deputatlar tumandagi
bir qator qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda bo‘lib, ularda
amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va moddiy-texnik bazani yaxshilash ishlari
bilan yaqindan tanishdilar.
 

Xususan, Sanoatchilar mahalla fuqarolar
yig‘ini hududida homiylik asosida qaytadan barpo etilayotgan M. Obidov nomidagi
qishloq vrachlik punktida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida moliyalashtirilayotgan Guliston
mahallasidagi Shreydr-Buzaxo‘r oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar holati o‘rganildi.
 

Bundan tashqari, deputatlar Qaqir
mahallasida joylashgan 81-son, Oltinariq mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan
80-son oilaviy poliklinikada ham bo‘lib, tibbiyot muassasasi binolarini ta’mirlash,
zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini
oshirishga qaratilgan ishlar samaradorligi bilan qiziqdilar.
 

Tashrif davomida deputatlar mahalliy
tibbiyot xodimlari, qurilish tashkilotlari va faol fuqarolar bilan muloqotda bo‘lib,
ishlarning tez va sifatli bajarilishi, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda
jamoatchilik nazorati muhim ekanini ta’kidladilar.
 

Qayd etish joizki, mazkur tashriflar
tumanda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholiga yaqin va qulay tibbiy
xizmatlarni tashkil etish, shuningdek, Prezident topshiriqlarining amaldagi ijrosini
ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli ishlarning muhim bir qismi hisoblanadi.
  

Slide 1 of 6