Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Alpomish” mahallasida obodonchilik ishlari nazoratda
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida amaliy natijalar o‘rganildi
янв.21
Ish samaradorligi va xavfsizlik: “Temiryo‘lchi” mahallasida xodimlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Termizda yangi “Yashil jamoat parki”: “Do‘stlik” mahallasidagi loyiha o‘rganildi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k/9456)
янв.21
“Do‘stlik” mahallasida nazorat: Mahalla raisi va ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Mahalla chegaralari masalasi deputatlar e’tiborida: Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Termizda “Yashil jamoat parki” loyihasi muhokama markazida
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Inson qadri uchun: “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Munosabat

 Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 26-may kuni mahalliy sanoatni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.  

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida bugungi tahlikali va noaniqliklarga to‘la sharoitda har bir mamlakat, avvalo, eng ko‘p
ish o‘rinlari yaratadigan sohalarni himoyalash choralarini ko‘rayotganini ta’kidladi.  

Shu munosabat bilan, tashqi bozordagi tebranishlar sharoitida 1 millionga yaqin aholi ishlayotgan to‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotimizning yana bir “drayveri” bo‘lishi kutilayotgan zargarlik sanoatiga yangi sur’at bag‘ishlash muhimdir. 

O‘tgan 4 oyda sanoat 6,3 foizga o‘sib, 290 trillion so‘mga yetdi. 

“Bu – hozirgi murakkab sharoitda o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasi. Lekin 29 ta tumanda ishlab chiqarish 4,5 trillion so‘mga kamaygan. Bu kichkina raqamlar emas”, deya ta’kidlandi. 

Milliy brendlarni
ko‘paytirish, mavjudlarini xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha ham yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. 

Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi. Ushbu kompaniya: 

- xorijdan brend-menejer, dizayner, marketolog, piar-menejerlarni olib keladi; 

- xalqaro sertifikati bor, sifati yuqori va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan kamida 50 ta milliy mahsulotni tanlab
oladi; 

- ularga sifat belgisini berib, brendini dunyoga tanitish uchun katta targ‘ibot kampaniyasini boshlaydi. 

2024 yilda zargarlikda ishlab chiqarish 200 million dollardan oshdi, eksport 17 foizga o‘sib, 92 million dollarga yetdi. 

Shu bilan birga, mamlakatimizda yiliga 100 tonnadan ziyod oltin qazib olinayotgani bilan imkoniyatlarning o‘ndan
biri ham ishga solinmayotgani qayd etildi. 

Sohada “xufiyona” iqtisodiyot ulushi yuqori ekani ko‘rsatib o‘tildi. Yiliga 550-600 million dollarlik buyumlar norasmiy tilla bozorlarida aylanmoqda. Yoki, mustaqil izlovchilar 2020 yilda 40 kilogramm oltin topshirgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu 100 karra kamaygan. 

Yig‘ilishda sohani “soya”dan chiqarish uchun yakka tadbirkorlarga ham tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat berish,
zargarlikda milliy brend yaratish uchun xorijdan dizayner, texnolog, qimmatbaho toshlar bilan ishlaydigan gemmologlarni olib kelish xarajatining bir qismini qoplash bo‘yicha takliflar bildirildi

Endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi.  

Joylardagi norasmiy zargarlik rastalari zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, ularning faoliyati qonuniylashtiriladi.  

Aholi soni o‘sishi, urbanizatsiya jarayoni qurilish materiallariga bo‘lgan talabni oshirmoqda.  

Endilikda, developerlarga aylanma mablag‘ uchun kredit ajratishda mahalliy qurilish materialiga ustuvorlik beradigan tizim
joriy qilinadi. Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar va tadbirkorlarning takliflari eshitildi.  

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati
G‘.Boysariev  

Slide 1 of 1