Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Deputatlar_faoliyati

Bandixon tumanida “Ishbilarmon ayol” ko’rik tanlovining mahallalardagi saralash bosqichi o’tkazildi

“Ishbilarmon ayol” ko’rik tanlovi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston-2030” strategiyasi to’g’risidagi Farmoni hamda partiya saylovoldi dasturida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo’yicha yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, biznes va xususiy sektorning rivojlanishida faol ishtirok etayotgan shijoatli, tashabbuskor xotin-qizlarimizni qo’llab-quvvatlash hamda zamonaviy tadbirkor ayol qiyofasini yaratish maqsadida har yili “Ishbilarmon ayol” ko’rik tanlovi o’tkazib kelinadi. 

Bugun Bandixon tumanida tuman hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo’limi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Bandixon tuman Kengashi, tuman Madaniyat bo’limi hamda Bandixon Barkamol avlod bolalar maktabi bilan hamkorlikda “Ishbilarmon ayol” ko’rik tanlovining mahallalar saralash bosqichi o’tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi A.Allamuradov ishtirok etib, tadbirkor xotin-qizlarimiz bilan suhbatlashdi. Tuman hokimi tomonidan tadbirkor ayollarimizning g’oyalari, takliflari tinglandi. 

Tadbir yakunida g’olib tadbirkor xotin-qizlarimiz hamkor tashkilotlarning diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Slide 1 of 6