Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
UCH AVLOD UCHRASHUVI O'TKAZILDI.

UCH AVLOD UCHRASHUVI O'TKAZILDI.

"Gulbog‘" mahallasi nuroniylari, "Oqila ayollar" harakat a’zolari, buvijonlari hamkorligida shu hududdagi 2-son o‘rta umumta’lim maktabi o‘quvchi yoshlari bilan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi. 

Hududda 40-50 yildan ortiq umrguzaronlik qilgan namunali, katta hayotiy tajribaga ega,baxtli 3 juft oilalar, farzandlari, nevaralari bilan tadbirda ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga katta taassurot uyg‘otdi. 

Ushbu tadbir o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘sib kelayotgan yoshlarni Vatanga, oilaga, ota-onaga mehr- muhabbat uyg‘otish, kelajakda hayotda o‘z o‘rnini topishda asosiy omil bo‘ladi. 

Tadbir so‘nggida nuroniylar,buvijonlar nabiralari bilan shaxmat-shashka musoboqasida bellashdilar.

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar buvijonlari yordamida tayyorlagan hunarmandchilik mahsulotlari ya’ni turli mahalliy ashyolardan tayyorlagan gullar hamda, rang berib tayyorlagan bezakli qo‘l ishlarini namoyish qildilar. Bu hunarlar orqali oila iqtisodini rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirishda ham namunali targ‘ibdir.

Tadbirda "Nuroniy" jamg‘armasi tuman kengashi raisi O. Saidov, tuman "Buvijonlar maktabi" rahbari D. Hasanova, mahalla "Keksalar maslahat" guruhi a’zolari A. Haqqulov, M. Qodirova, I. Ne’matovlar hamda tuman Kengashi deputati M.Karimova lar ishtirok etib, o‘zlarining hayot yo‘llarida orttirgan tajribalaridan gapirib, bugungi kun tinchligi, farovonligiga shukrona keltirib yashash, yurt ravnaqiga har bir insonning hissasi bo‘lishi kerakligini tushuntirib o‘tdilar.

Slide 1 of 5