35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Nurafshon va Darg‘om mahallalaridagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

O‘rganish davomida hududlardagi ko‘p qavatli uylar atrofi, ichki ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari, yashil hududlar, irrigatsiya tarmoqlari, tashqi yoritish tizimi, sanitariya holati hamda aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla faollari va mas'ullar bilan muloqot o‘tkazilib, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolar uchun yanada qulay va ozoda muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarda tozalik va tartibni ta'minlash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur tavsiyalar berildi. Mazkur masalalar deputatlik nazoratida olib borilishi belgilandi.

Hududlarni obod qilish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 4