35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Ma’sullar ishtirokida fuqaro murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Qo‘qon shahar Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i O.Mingboyev tomonidan Uchko‘prik tumani, Dono qishlog‘ida yashovchi fuqaro B.G‘aniyev bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqaro tomonidan bildirilgan murojaat atroflicha o‘rganildi.

Murojaatda fuqaro o‘zining Bog‘iston (sobiq Chexov) ko‘chasida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasiga (36 kvadrat metr yer maydoni) egalik qilishini, 2018-yilda esa mazkur yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani va tegishli guvohnoma berilganini ma’lum qildi.

Fuqaroning murojaatida qayd etilishicha, mazkur hududda yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilishi belgilangan va loyiha doirasida uning obyekti ham buzilishi rejalashtirilgan. Biroq oradan uzoq vaqt o‘tganiga qaramay, fuqaroning yer uchastkasi va bino-inshooti uchun kompensatsiya to‘lanmagan, boshqa yer maydoni ajratilmagan hamda mulk masalasi yakuniy hal etilmaganligi sababli u o‘zining qonuniy mulkidan to‘liq foydalana olmayotganini ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida murojaatda bayon etilgan barcha holatlar mas’ullar ishtirokida batafsil muhokama qilinib, fuqaroning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, amaldagi qonunchilik talablari asosida masalani o‘rganish hamda vakolatli idoralar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda murojaatda ko‘tarilgan masala nazoratga olinib, unda keltirilgan holatlarga huquqiy baho berish, mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda qo‘shimcha o‘rganishlar o‘tkazish hamda amaldagi qonunchilik asosida tegishli yechim ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4