35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi


Nurobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

✅Xalq deputatlari Shirin Sirdaryo viloyati Kengashi deputati
B. Sobirov hamda Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M. Salimova tomonidan Nurobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

✅Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, mahalladagi mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, aholi tomonidan maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani, buning natijasida ayrim hududlarda chiqindilar to‘planib qolayotgani, sanitariya holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani hamda bu boradagi xizmatlar sifatini yaxshilash zarurligi ta'kidlandi.

✅Shuningdek, hududni obodonlashtirish, ko‘cha yoritish tizimini yaxshilash va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan ham taklif hamda murojaatlar bildirildi.

✅Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi. 

Slide 1 of 2