35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Daxana” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy J.Nurmetovning yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan fuqarolar va ijtimoiy xizmatga muhtoj boshqa toifadagi aholi bilan amalga oshirilayotgan manzilli ishlari tahlil qilindi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning ijtimoiy holatini baholash, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" va boshqa axborot tizimlari orqali xizmatlar ko‘rsatish, davlat tomonidan belgilangan nafaqa, moddiy yordam, reabilitatsiya vositalari va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishlariga ko‘maklashish ishlarining tashkil etilishi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolar bilan individual ishlash, ularning muammolarini manzilli hal etish, sog‘liqni saqlash, bandlik, ta’lim va boshqa sohalardagi ehtiyojlarini mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi. Ijtimoiy xizmatga muhtoj shaxslarning har biri bo‘yicha yuritilayotgan hujjatlar, murojaatlar ijrosi va amaliy natijalar tahlil qilindi.

Slide 1 of 2