35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Fuqaro murojaati asosida joyiga chiqib o‘rganildi



Fuqaro murojaati asosida Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Jahongir Xolbayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J. Ashurboyev tomonidan Shodlik mahallasi, Islom Karimov berk ko‘chasida joylashgan 2/2 xonadonda yashovchi fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida murojaatchi tomonidan mazkur hududda joylashgan xonadonlarning kelgusi taqdiri, ya’ni buzilish yoki buzilmasligi yuzasidan aholiga hozirga qadar aniq va rasmiy ma’lumot berilmayotgani ma’lum qilindi. Fuqaroning ta’kidlashicha, bu noaniqlik mazkur hududda istiqomat qiluvchi aholini tashvishga solmoqda hamda o‘z kelgusi rejalarini belgilashda qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Shuningdek, murojaatchi tomonidan Xalq banki orqa qismida joylashgan berk ko‘chada istiqomat qiluvchi 5 ta xonadon aholisi transport harakati bilan bog‘liq noqulayliklarga duch kelayotgani ham bildirildi. Xususan, avtoturargohdan foydalanuvchi transport vositalari ko‘chaning kirish qismida to‘planib qolishi natijasida aholining o‘z xonadonlariga erkin kirib-chiqishi qiyinlashayotgani qayd etildi.

Deputat tomonidan murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlardan rasmiy tushuntirish va aniq ma’lumot olish, hududning kelgusi taqdiri bo‘yicha aholiga rasmiy axborot yetkazilishini ta’minlash, shuningdek transport harakati bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalasi qo‘yildi.

🔹 Murojaatda ko‘tarilgan masalalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi

Slide 1 of 3