35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputatlik so‘rovi — amaliy natija: 14-maktabga olib boruvchi yo‘l ta’mirlandi!

24-“Abdurahmon Jomiy” saylov okrugi hududidagi 14-sonli umumta’lim maktabiga olib boruvchi ichki yo‘l uzoq vaqt davomida ta’mirtalab ahvolda bo‘lib, o‘quvchilarning maktabga qatnashi va avtotransport vositalari harakati uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgan edi.

💬Deputat A.Tog‘aymuratov mazkur holat yuzasidan 65-ds-408-26-sonli deputatlik so‘rovini yuborgan edi.

💬Termiz shahar hokimligi tomonidan deputatlik so‘rovi atroflicha o‘rganilib, yo‘lni ta’mirlash yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Bugungi kunda mazkur ichki yo‘l sifatli ta’mirlanib, aholi uchun xavfsiz hamda qulay holatga keltirildi.

💬"Saylovchilarimizning murojaatlari biz uchun bevosita qo‘llanma hisoblanadi. 14-maktab yo‘lining ta’mirlanishi — bu nafaqat yo‘lning yaxshilanishi, balki yuzlab bolajonlarning xavfsiz ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatdir," — deydi deputat A.Tog‘aymuratov.

🫥Deputatlik nazorati va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.