35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Fuqarolar qabuli davomida dolzarb murojaatlar ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-"Tulaboy" saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan "Ganjiravon" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida mahalla aholisining murojaatlari, ularni qiynayotgan dolzarb muammolar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid takliflar atroflicha tinglanib, har bir murojaat bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib tegishli tushuntirishlar berildi.

Xususan, qabulda bir guruh fuqarolar tomonidan "Farg‘ona suv ta’minoti" AJ Qo‘qon shahar filiali faoliyati yuzasidan murojaat bildirildi. Murojaatda ayrim iste’molchilarga haqiqatga mos kelmaydigan qarzdorliklar hisoblanayotgani, buning natijasida fuqarolar o‘rtasida e’tiroz va noqulayliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi hamda mazkur holatga huquqiy baho berish va muammoni bartaraf etishda amaliy yordam so‘raldi.

Deputat tomonidan murojaat mazmuni batafsil o‘rganilib, masala yuzasidan vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish, holatga aniqlik kiritish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, murojaatlarni o‘z vaqtida va qonuniy asosda ko‘rib chiqish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6