35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
#munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan jarima qo‘llash amaliyotini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, mas’ul rahbarlarning yondashuvini o‘zgartirish hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar mamlakatimizda biznes muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan muhim qadamdir.

🌏Deputat sifatida bu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Har bir jarima yoki ma’muriy cheklov tadbirkorning faoliyatiga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, ishlab chiqarish hajmiga va eksport salohiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini chuqur tahlil qilish zarur. Asosiy maqsad tadbirkorni jazolash emas, balki uning qonuniy faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit yaratishdan iborat bo‘lishi kerak.

🌏Shuningdek, import bojlari, turli yig‘imlar va ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qayta ko‘rib chiqish ichki bozor raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyalarni jalb etish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

🌏Mahalliy Kengash deputatlari ham hududlarda tadbirkorlar bilan doimiy muloqotni kuchaytirib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, asossiz ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish va biznes rivojiga to‘sqinlik qilayotgan omillar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik nazoratini amalga oshirishda faol ishtirok etishlari zarur. Zero, kuchli tadbirkorlik – barqaror iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari va aholi farovonligining eng muhim omillaridan biridir.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Sh.Boboyev