35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Kengash_faoliyati

"Obod yurt" mahallasida infratuzilma holati deputatlik nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosi doirasida "Obod yurt" mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔹 O‘rganishlar davomida mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining bugungi holati ko‘chama-ko‘cha yurib, bevosita joyiga chiqqan holda batafsil tahlil qilindi. Yo‘llarning texnik holati, aholining kundalik harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar o‘rganildi.

🔹 Shuningdek, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi ko‘chalarning tungi yoritilishi, yoritish tarmoqlarining ishlash holati va mavjud chiroqlarning sozligi alohida nazoratdan o‘tkazildi.

🔹 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, mahalla yo‘l-transport infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda tungi yoritish tizimini takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

🔹 Bundan tashqari, mahallada obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, mavjud muammolarni tezkor hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish va ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha tegishli kelishuvlarga erishildi.

✅ Aholi uchun xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarga amaliy yechim topish borasidagi bunday o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5