35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
24-muhim tavsiya doirasida:Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna o‘z saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish ishlarini amalga oshirib, mahalla faollari va fuqarolar bilan uchrashdi. Muloqotlar davomida hududni obodonlashtirish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga oid murojaatlar tinglanib, ularning har biri atroflicha o‘rganildi.

Jumladan, fuqaro, 4-uy uyboshisi Baltina tomonidan ko‘p qavatli uy atrofida o‘sayotgan ayrim daraxtlarning yirik shoxlari chirib, qurib qolgani sababli aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid yuzaga kelayotgani haqida murojaat bildirildi. Ta’kidlanishicha, daraxtlarning ayrim shoxlari mustahkamligini yo‘qotgan bo‘lib, kuchli shamol yoki boshqa tabiiy omillar ta’sirida istalgan vaqtda sinib tushish ehtimoli mavjud.

Mazkur holat hududda istiqomat qilayotgan fuqarolar, ayniqsa yosh bolalar, keksalar hamda piyodalar hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi, shuningdek, yaqin hududda joylashgan transport vositalari va boshqa mol-mulkka zarar yetkazishi mumkinligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan hududdagi daraxtlarni mas’ul tashkilot mutaxassislari ishtirokida batafsil ko‘zdan kechirish, avariya holatiga kelgan daraxtlar hamda chirigan va qurigan yirik shoxlarni belgilangan tartibda kesish, sanitariya budash ishlarini amalga oshirish, shuningdek, kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 4