35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 8-Shovot saylov okrugidan saylangan deputati Yusupova Feruza Shuxratovna, Shovot tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP Shovot tuman Kengashi raisi O. Akimova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-350-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini qonunchilik talablari asosida tashkil etish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuklatilgan vakolat va vazifalarning ijrosi, aholi bilan ishlash samaradorligi hamda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, qonun talablarining amaliy ijrosini yanada takomillashtirish, mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligini oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, hududlarda qonunchilik talablarining to‘liq va samarali bajarilishini ta'minlash, shuningdek, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3