35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Mazkur qarorda shaharda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
#muhim_qaror
#kengash_qarori_qabul_qilindi

Mazkur qarorda shaharda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Tahlillar natijasida hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish, chiqindilar bilan ishlash tizimini yaxshilash hamda ekologik nazoratni kuchaytirish borasida ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi. Shu bilan birga, chiqindilarni qayta ishlash tizimini rivojlantirish va aholining ekologik madaniyatini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Qaror bilan mas’ullarga ko‘kalamzorlashtirish ishlarini davom ettirish, noqonuniy chiqindi tashlash va daraxt kesilishining oldini olish, ekologik targ‘ibotni kuchaytirish hamda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Qaror ijrosi doimiy nazoratga olindi.


Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash