35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
DEPUTAT FUQAROLAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna o‘z saylov okrugi hududidagi mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi hamda fuqarolar bilan yaqindan muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida Parvoz-27 mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Xolxo‘jayev hamda 2-Charx Kamolon mahallasi, Navbahor ko‘chasi, 72-uyda yashovchi fuqaro Alimuhammedov Fayzullo elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaat qildilar.

Fuqarolarning ta’kidlashicha, mazkur muammolar yuzasidan elektr tarmoqlari korxonasi mas’ul xodimlariga bir necha bor murojaat qilinganiga qaramay, bugungi kunga qadar amaliy yechim topilmagan. Shuningdek, ular ayrim mas’ul xodimlarning murojaatlarga loqayd munosabatda bo‘layotgani hamda o‘z xizmat vazifalarini yetarli darajada bajarmayotganidan norozilik bildirdilar.

Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari nazoratga olinib, masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va ijobiy hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 2