35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
G‘ayrat mahallasida kompleks obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, “G‘ayrat” MFY hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda kommunal soha mutaxassislari tomonidan 34–36-sonli ko‘p qavatli uylarning elektr, gaz hamda internet tarmoqlari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shuningdek, tartibsiz va noo‘rin joylashgan tarmoqlar markazlashtirilib, xavfsiz hamda tartibli holatga keltirilmoqda.

Hududda do‘mliklar tekislanib, yashil maydonlarni barpo etish maqsadida beton bordyurlar quyilmoqda. Obodonlashtirish ishlari doirasida archa, rayhon va turli manzarali gul ko‘chatlari ekilib, mahalla yanada fayzli va ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda.

Avvalgi lavhamiz: https://t.me/Andijon_shahar_kengashi/2386?single

Slide 1 of 7