35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Tumanda veterinariya va sanitariya yo‘nalishidagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i I.Bolievning tumanda sanitar-epidemiologik holatni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Hisobotda chorva mollari va uy hayvonlarini profilaktik emlash, veterinariya-sanitariya tadbirlarini tashkil etish, sun’iy urug‘lantirish ishlari hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan chorva mahsulotlari savdosi ustidan veterinariya nazoratini kuchaytirish, so‘yish punktlarining sanitariya holatini yaxshilash, uy hayvonlarini to‘liq ro‘yxatga olish va majburiy emlash tizimini takomillashtirish, tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan qator vazifalar belgilandi.