35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi

#deputat_axboroti
#162_ta_qonun
#ish_reja_ijrosi
⌛Deputat saylovchilar oldida axborot berdi

✔️O'zbekiston Respublikasining "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to'g'risida"gi  Qonuniga muvofiq tuman Kengashi deputati Dilshodjon Karimov o‘zi saylangan 14-Yangi O'zbekiston saylov okrugi saylovchilariga 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborotini o'qib eshittirdi.

▶️Uchrashuvda ijro hokimiyati organlaridan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tuman "Suv ta’minoti" bo‘limi, "Hudud gaz ta’minoti" tuman bo‘limi, deputat saylangan siyosiy partiyaning tuman Kengashi raisi hamda mahalla "yettiligi" a’zolari ishtirok etdi.

▶️Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berildi. Xususan:
🔰Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar va qabul qilingan qarorlar;
🔰yuborilgan deputatlik so‘rovlari hamda ularning ijrosi;
🔰saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati;
🔰saylov okrugidagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar;
🔰hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish hamda fuqarolarning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.
✔️Shuningdek, uchrashuvda O'zbekiston Respublikasining "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq mahalliy Kengashlarning vakolatlari, deputatlarning qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi hamda zarurat tug‘ilganda tegishli davlat organlariga deputatlik so‘rovi yuborish mexanizmi yuzasidan saylovchilarga batafsil tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 7