35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Xususan, yer uchastkalari hamda ularda joylashgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibi, shuningdek, yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etishga oid qarorlarning mazmuni va amaliy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan muammolar, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Bildirilgan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, masalalarni ijobiy hal etish maqsadida mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ta’kidlandi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda qonunchilikdagi yangiliklarni keng targ‘ib qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2